Yangiliklar

“Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammo”

Kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

O‘quvchilarni bosh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni kasbga qiziqtirish orqali kelajakda munosib kasb egalari bo‘lishlariga ko‘maklashish, mehnat orqali daromad topish, boshqa o‘quvchilarga motivatsiya berish maqsadida Namangan shahar 15-umumta’lim maktabining 11-a sinf o‘quvchisi Qirg‘izova Salbarxon, 10-b sinf o‘quvchisi Nabijonova Soxiba  ustoz shogird bo‘lib darsdan bosh vaqtida shirinlik pishirish texnalogiyasi mavzusida kasb-hunar sirlarini o‘rganib kelmoqda.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, bugungi kunda Namangan shahar umumta’lim maktablarida bu borada arzirli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

;