Yangiliklar

O‘quvchilarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish shaxsning hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.

O‘quvchilarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish shaxsning hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi. O‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni o‘zlarining qobiliyatlariga yarasha to‘g‘ri tanlashlariga erishish uchun ular bilan turli hil ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar uyushtirish, davra suhbatlari va shu kabi amaliy ishlarni olib borish lozim bo‘ladi.

Oʼquvchilarni bosh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni kasbga qiziqtirish orqali kelajakda munosib kasb egalari boʼlishlariga koʼmaklashish, mehnat orqali daromad topish, boshqa oʼquvchilarga motivatsiya berish maqsadida Namangan shahar 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Аtaboev Baxriddin boshchiligidagi "Omina Tekistil Brend" xususiy korxonasi oʼz ish faolyatini olib boradi. Unda 9-e sinf oʼquvchisi Solixanov Rashid, 9-a sinf oʼquvchisi Neʼmatullaeva Maftuna, 9-f sinf oʼquvchisi Orifjanov Dovud, 8-a sinf oʼquvchisi Ibroximov Shamsiddin, 8-d sinf oʼquvchisi Аbdurasulov Olim ustoz shogird boʼlib darsdan bosh vaqtida chevarchilk kasb-hunar sirlarini oʼrganib kelmoqda.

;