Yangiliklar

Kasbga yo‘naltirish yuzasidan uchrashuv

Kasblar to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaslik, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik va o‘z qobiliyatlarini amaliyotga to‘liq tatbiq eta olmaslik kasb tanlashdagi asosiy qiyinchilikni tug‘diradi. Shundan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbiy ma’rifat va tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratish, ya’ni kasblar haqidagi turli va har tomonlama chuqur ma’lumotlarni berib borish lozim. Shu kabi mavzular yuzasidan

Namangan shahrida ʼʼIshga marhamat ʼʼ monomarkazida Psixologlar jamoasining navbatdagi seminari  tashkil etildi. Seminar davomida o ‘quvchi yoshlarni kasbga yo ‘naltirish masalalari yuzasidan psixolog mutahassislar o ‘z fikr-mulohaza va tajribalari bilan chiqish qilishdi va bundan keyin bu borada ishlarni samarali tashkil etish va tajriba almashishga kelishib olishdi.

;