Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan kasbga yo‘naltirish ishlari o‘quvchilarning jamiyatimizda o‘z o‘rnini topishlariga katta yordam bеradi. Maktab o‘quvchilarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarni shakllantirish hozirgi zamoning dolzarb muammolaridan biridir.
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining yuqori sinf oʼquvchilari bilan “POLIYTEX SIRDARYO” paxta to'qimachilik klasteriga “Kasbiy bilim va maslahat oyligi” munosabati bilan sayohat tashkil etildi. Sayohatda o ‘quvchilar turli kasb turlari bilan yaqindan tanishib o‘zlarini qiziqtirgan savollarja javob olishdi.