Yangiliklar

Kasb-hunarga yo‘naltirishdan maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir.

Bugungi kunda Respublikamiz maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish maqsadida taʼlimning xalqaro andozalaridan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Kasb-hunarga yo‘naltirishdan maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yo‘naltirish orqali, bo‘lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy - amaliy tizim sifatida qarash lozim.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining yuqori sinf oʼquvchilari bilan “FILL COTTON” ishlab chiqarish korxonasiga sayohat tashkil etildi. Sayohatdan ko ‘zlangan maqsad o‘quvchilarni kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish ularning bu boradagi bilmlarining kengyatirish.

;