Yangiliklar

Korreksion psixologik treninglar tashkil etilmoqda

Joriy yilning 27-yanvar kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumani XTB ga qarashli 7-MFCHO'IDUM dai maktab psixologlari tomonidan ish rejaga asosan 1-sinf o'quvchilari bilan korreksion psixologik trening mashg'ulotlari tashkil etildi.

Maqsad: o'quvchilarni maktab ta'limiga moslashtirish,ularda o'quv motivasiyasini shakllantirish, muloqot ko'nikmalari, bir-birini o'zaro tushunish,sherikchilik,o'zaro ma'suliyatini sezish kabi xislatlarni, bilish jarayonlari diqqat,sezgi,idrok, xotira,xayol, tafakkur xususiyatlarini korreksiya qilish va rivojlantirishdan iborat.

Mashgʻulotlarni yanada qiziqarli oʻtkazilishini ta'minlash maqsadida o'quvchilar bilan "Quvnoq oyoqchalar", "Sonlarni izlab top", "Kim chaqqon", "Moychechak barglari", "Biz bir jamoamiz" kabi diqqat va xotirani rivojlantiruvchi mashg'ulotlar tashkil etildi.Mashg'ulotlar davomida o'quvchilarning kayfiyatlari ko'tarilib, o'zlariga bo'lgan ishonchi yanada ortdi.

;