Inklyuziv maktablarda tahsil olayotgan alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarga o‘quv jarayonini tashkil etishda maktab jamoasining o‘rni beqiyosdir. Bunda o‘qituvchi, maxsus pedagog, psixologning hamkorlikdagi ish faoliyatidan tashqari, musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ham faoliyati ahamiyatga molikdir. Inklyuziv ta’lim o‘qituvchisi alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchini sog‘lom tengdoshlari orasida to‘siqlarsiz ta’lim olishini ta’minlasa, maxsus pedagog boladagi kamchiliklar bilan korreksion soatlarni olib boradi. Psixolog o‘quvchining maktabga moslashish va ruhiy jarayonlari bilan shug‘ullanadi. Musiqa darslarida o‘quvchining ovoz, ohang, intonatsiya xususiyatlari bilan ishlanadi. Jismoniy tarbiya darslarida bolalar bilan harakat-chiniquv soatlari olib boriladi.
Toshkent viloyati Toshkent tumani 11-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 1-“V” sinfida inklyuziv ta’lim olayotgan Mirjalilov Mirabrorning musiqa darsida o‘qituvchi N.Shokirova rahbarligida “Kichik guruh”da qo‘shiq kuylash jarayonidan lavhalar. Maktab psixologi S.Mahkamava bilan “Yovvoyi uy hayvonlarini bilish, farqlash, ajratish” mavzusidagi mashg‘ulotidan quvnoq daqiqalar bilan o‘rtoqlashdi.