Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda_psixolog faoliyati

Toshkent viloyati Angren shahar 18-sonli maktabning inklyuziv sinflarda psixologik treninglar o‘tkazildi. Amaliyotchi psixolog Kaypnazarova Sarbinaz o‘quvchilar tasavvur olamidagi ruhiy jarayonlarni bilish maqsadida “Mavjud bo‘lmagan hayvon” nomli psixologik trening olib bordi. Bunda barcha o‘quvchilar zo‘r qiziqish bilan o‘z tasavvuridagi hayvonni chizib ko‘rsatishdi. Bundan tashqari o‘quvchilar bilan “Quvnoq barmoqchalar” nomli didaktik o‘yin olib borildi. Mashg‘ulot yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Bunday treninglarni otkazishdan maqsad sinfda soglom ijtimoiy muhitni shakllantirishdir.

;