Yangiliklar

Maxsus pedagog faoliyati

Navoiy viloyati Karmana tumani XTB tassarufidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil oluvchi inklyuziv sinf o‘quvchilari bilan maxsus pedagog korreksion mashg‘ulotlar olib bordi. Dastlab o‘quv fanlaridan berilgan vazifalar bajarildi, keyin esa o‘quvchilarga “Yil fasllari” mavzusi tushuntirilib berildi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni kutubxonaga olib kirdi va rangli ertak kitoblarni birga mutolaa qilishdi. Bundan o‘quvchilar juda xursand bolishdi.

;