Joriy yilning 31 yanvar kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumani XTB ga qarashli 12-umumiy o'rta ta'lim maktab psixologi Abduqayimova Saodat tomonidan 5-sinflar kesimida "O'quvchilarning shaxslararo aloqalari" so'rovnomasi o'tkazildi. Bundan tashqari o'quvchilar ishtirokida 5- sinflar kesimida korreksion mashg'ulotlar ham o'tkazildi.
Mashg`ulotlarni o`tkazishdan maqsad: o'quvchilarda psixologik immunitetni shakllantirish va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan salbiy hulq-atvorning oldini olishdan iborat.
Trening davomida "Tanishuv", "Ranglarni aralashtir", "Oppoq qogʻozda mening ifodam" va "Barmoqlar harakati" o`yinlaridan foydalanildi.
Korreksion mashg'ulotlar yakunida o'quvchilarda yuqori kayfiyat, ko'tarinki ruhiyat, o'zaro qo'llab-quvvatlash, tushunish, hamjihatlilik ko'nikmalari shakllantirilib, ularda paydo bo`lgan fikr-mulohazalar tinglandi