Yangiliklar

O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha mavjud sharoitlar o‘rganildi

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yilning 20-yanvar kuni maktablarda oʼquvchilarni kasbga oʼrgatish boʼyicha tumanlarning ixtisoslashuviga bagʼishlab oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarini kasbga oʼrgatish boʼyicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Bugun Forish tumani hokimi Ikrom Sindarovich Matyiev xamda tuman xalq taʼlimi boʼlimi mudiri Sobir Saydalievich Voqqosov Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan vazifalarni tumanda ham amalga oshirish va umumtaʼlim maktablarida amaliyotda joriy etish maqsadida, tumandagi taʼlim muassasalari raxbarlari bilan Zarbdor tumanidagi Zaif eshituvchilar maxsus maktab internati hamda Zomin tumanidagi 60 sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi qoshidagi "Kasblar markazi"ga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

;