Toshkent shahar Bektemir tumani 290-maktabning 1-“V” inklyuziv sinfida ona tili va o‘qish savodxonligi darsidan “Bu qanday bayram?” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsni kuzatishga maktab rahbariyati va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Dars rangli ko‘rgazmali rasmlar va AKT va dan foydangan holda juda qiziqarli o‘tdi, hatto alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar ham o‘zlari yoqtirgan bayramlar haqida gapirib berishdi. Ochiq darsda o‘quvchilar Mustaqillik, Yangi yil, Vatan himoyachilari, Navro‘z bayrami haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Sinf burchagida “ochil dasturxon” tashkil qilinib, o‘quvchilar Navro‘z bayramida qanaqa milliy taomlar tayyorlanishini aytib o‘tishdi. Maktab rahbariyati Gafurova Shohidaga noan’anaviy tarzda o‘tkazilgan ochiq dars uchun o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.