Yangiliklar

Texnologiya darsidan lavhalar…

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 1-"A" inklyuziv sinf o‘quvchilariga texnologiya darsi o‘tildi. Texnologiya darsida o‘tiladigan qurish-yasash, chizish-bo‘yash ko‘nikmalari alohida ta’lim ehtiyojli o‘quvchilarga ijobiy ta’sir qilib, ularning rang-tasavvur olamini kengaytiradi. O‘quvchilar rangli qog‘ozdan ajoyib gullar yasay boshlashdi. Dilnura ustozi yordamida rangli qog‘ozlardan gul, quyosh, bulut rasmini qirqib oldi va chiroyli qilib oq qog‘ozga yelim bilan yopishtirdi. Dilnura yasagan ko‘rgazma tengdoshlari orasida 1-o‘rinni oldi. O‘quvchilaridagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib, ustozi mamnun bo‘ldi.

 

;