Navoiy viloyati Konimex tumani 22-maktabning inklyuziv taʼlimga jalb qilingan 1-sinf o‘quvchilari matematika fanidan hisob-kitoblarni o‘rganib olishdi. O‘quv yilini boshida tortinchoq, doskaga chiqmaydigan o‘quvchilar, hozirda ustozi yordamida doskaga chiqib misollarni ishlab berishmoqda. O‘quvchilarni qiziqishini oshirish maqsadida ustozi rangli shakllar va mevalar yordamida misollar yechtiradi. Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarning kichik bir harakati ham ustozi tomonidan rag‘batlantirib kelinmoqda. Bu esa o‘quvchilarning bilim olishga yanada intilishiga turtki bo‘ladi.