Inklyziv ta’limda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va maktab tibbiyot xodimi o‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash , nazorat qilish, chiniqtirish kabi vazifalarni bajaradi .
Bu borada Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 11- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi pedagog xodimlari inklyuziv ta’lim o‘quvchisi Mirjalilov Mirabrorning pedagogik ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Jismoniy tarbiya darslarida Mirabror fazoviy mo‘ljal olish va harakatli mashqlarni ustozi yordamida bajarib kelmoqda. Hamshira opa esa muntazam ravishda o‘quvchilar salomatligini nazorat qilib boradi. Inklyuziv ta’limga qamrab olingan o‘quvchilarni maktabga moslashishida qulay muhit yaratilgan.