Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda volontyorlar…

Inklyuziv ta’limda volontyorlar…

Inklyuziv ta’lim joriy qilingan maktablarda, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar bilan sinf o‘qituvchisi, maxsus pedagog, psixolog hamkorlikda faoliyat olib boradi. Bundan tashqari bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi talabalari amaliyoti ham inklyuziv maktablarga jalb qilinmoqda.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 36-umumta’lim maktabining inklyuziv sinf o‘quvchilari bilan talaba-volontyor yoshlar alohida shug‘ullanish mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi. Har bir volontyor bittadan o‘quvchiga biriktirilib, ularning maktabga moslashishida va bilimlarni o‘zlashtirishida ko‘maklashib kelmoqda. Ilk kundan boshlab o‘quvchilarni jajji qo‘lidan tutib, mehr ulashgan volontyor yoshlar hozirda samarali faoliyat olib borishmoqda.

;