Joriy yilning 8-fevral kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova, direktorning birinchi oʻrinbosari K.Joʻraboyev hamda inklyuziv taʼlim laboratoriyasi metodistlari G.Alimova va S.Moʻminovlar hamda AQSHning Yevropa va Yevroosiyo Chemonics xalqaro tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda inklyuziv taʼlim boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va hozirgi kunda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil qilish muammolari yuzasidan suhbat olib borildi. Inklyuziv ta’lim Yo‘l xaritasi va Konsepsiyasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida AQSHning Yevropa va Yevroosiyo Chemonics xalqaro tashkiloti vakillari bilan inklyuziv ta’limda amalga oshiriladigan kelgusidagi hamkorlik ishlari belgilab olindi.