Davlatimiz rahbari tomonidan shu yilning 20-yanvar kuni "Maktablarda o'quvchilarni kasbga o'rgatish" bo'yicha tumanlarning ixtisoslashuviga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida umumta'lim maktablari o'quvchilarini kasbga o'rgatish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Joriy yilning 2 fevral kuni Sharof Rashidov tuman Xalq taʼlim boʻlimi va tumandagi 1-2-sonli kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda umumta'lim maktablarining oʻquvchilarini kelejakdagi o'zlari qiziqqan kasblarga yo'naltirish maqsadida barcha maktab psixologi hamda direktorlariga kasb-hunar maktabida yo'lga qo'yilgan yo'nalishlar yuzasidan va Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan vazifalarni tumandagi umumta'lim maktablarida ham amaliyotda joriy etish maqsadida o'quv amaliy seminar bo'lib o'tdi.