Maktab o‘quvchilarida kasb-hunar tanlashga ko‘malashishning asosiy maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarni shakllantirish. Bugungi kunda har bir insonning kasblar olamida o‘z - o‘zini topishi, kasbiy o‘zligini anglashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilishi va unga qiziqishlari kun sayin ortib bormoqda. Minglab kasblar ichida qaysi birini tanlash, unga shaxs moyilligi, layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish shaxs istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri G'.I.Anorboyev va psixolog metodist Jonqobulova Gulchehra 10-18- sonli umumiy o‘rta ta’lim ta'lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish xonalarini ko‘zdan kechirib maktab rahbariyatiga zaruriy topshiriqlarni berdi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish tizimini rivojlantirish va o‘quvchilarda kasb-hunar egallashga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirish.