Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda maktab oʼquvchilari endilikda ikkita xorijiy tilda bemalol muloqat qilishlari va hunar oʼrganishi belgilab berildi. Ushbu tashabbus doirasida Toshkent viloyati Oqqoʼrgʼon tumanida ham samarali ishlar qilinmoqda.
Kuni kecha tumandagi 31-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman XTB va "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamkorligida oʼquv-seminar oʼtkazildi. Unda maktab direktori muasassada oʼquvchilarni kasb-hunarga oʼqitish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Oʼquv seminarda tuman hokimining yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Jahongir Djanikulov, tuman XTB boshligʼi Mansur Tojiboev va ota-onalar ishtirok etdi.
Аytish joizki, bugungi kunda 31-sonli maktabda chevarchilik, chilangarlik, qandolatchilik, IT dasturlash kabi hunarlar oʼquvchilarga oʼrgatilmoqda.