O‘quvchini kelgusida qanday kasbni tanlashi yoki biror kasbni egallashiga harakati yoshlik chog‘laridanoq shakllantirilishi lozim. Ularni kasb tanlashga to‘g‘ri yo‘naltirish va kasbiy faoliyatga tayyorlash katta ijtimoiy va taʼlim tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘quvchilarning kasbni to‘g‘ri tanlashi kelgusidagi hayot yo‘lini belgilashiga imkon beradi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani XTBga qarashli 19-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o'quvchilarni Kasb-hunarga yo'naltrish hamda kelgusida munosib kasb egalari bo'lishlariga yordamlashish maqsadida maktab psixologi A.Sariyev tomonidan tumandagi "Kasb-hunar maktabi"ga sayohat uyushtrildi. Sayohat davomida o‘quvchilar o‘zlariga yangi taasurotlar va kasb-hunar egallashda lozim bo‘ladigan bilim ko‘nikmalar bilan tanishishdi.