Yangiliklar

Andijon viloyati Marhamat tumani 39-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o'quvchilarni kasb-xunarga yo'naltirish bo'yicha qizlar uchun tikuvchi

Mehnat insonning hayotida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham inson hayotini, turmushini mehnatsiz, yaratuvchiliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson mehnat bilan ulug‘. Kishilik jamiyatining asl tarixi ham mehnatdan boshlangan. Mehnat - tirikchilik manbai, qo‘yingki, hayot va turmushning qaysi jabhasiga bormang, inson qadami uning mehnati bilan qutlug‘. Zero, xalqimiz mehnatni bosh tarbiyachi deb ataydi. Sabab inson tarbiyasini asosan mehnatga bo‘lgan munosabatlariga qarab belgilanishi bejiz emas. Ta’lim tarbiyaning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ham o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bu boradagi  tanlovlarini qo‘llab quvvatlashdan iborat.

Andijon viloyati Marhamat tumani 39-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o'quvchilarni kasb-xunarga yo'naltirish bo'yicha qizlar uchun tikuvchilik xonasi tashkil etilgan bo‘lib o‘quvchilar bu yerda tikuvchilik kasbi bilan yaqindan tanishib o‘rganib kelishmoqda.

;