Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamizdagi umumta’lim maktablarini bitirib chiqayotgan o‘quvchilar endilikda ikkita tilda bemalol muloqat qila olishi va biror hunar egasi bo‘lib chiqishlari lozim.
Mazkur tashabbus doirasida Farg‘ona viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablarida harakatlar boshlab yuborilgan.
Birgina Toshloq tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga uchta xorijiy – ingliz , rus va koreys tili o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Maktabda tillarni o‘rgatish uchun malakali mutaxassislar jalb qilingan.
Aytish joizki, ta’lim muassasasida o‘quvchilarga 3 ta xorijiy tilni o‘qitish barobarida ularga 6 ta yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, chilangar, kosibchilik, pazandachilik, duradgorlik, bog‘dorchilik, chevarchilik kasblarini o‘rgatish bo‘yicha maxsus xonalar, jihozlar hamda tajribali va o‘z ishini mohiri bo‘lgan ustozlar biriktirilgan.