Yangiliklar

Kasb-hunarga o ‘qitish markazi foydalanishga topshirildi

Namangan tumanidagi bitiruvchi yoshlarni 17 ta kasb yoʼnalishida zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida “Olaxamak” MFYda kasb-hunarga o‘qitish markazi foydalanishga topshirildi.

O‘quvchi yoshlarlarni kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida, bugun tumandagi 32 ta umumtaʼlim maktablaridan 1 690 nafar 10-11 sinf o‘quvchilari mazkur Markaz faoliyati bilan tanishib, o‘zlari qiziqqan kasblarni egallash yuzasidan kerakli tavsiya va tushunchalarga ega bo‘lishlari mumkin.

Аmaliyotga asosiy eʼtibor qaratilgan ushbu o‘quv markazida bir vaqtda 648 nafar o‘quvchilar va yoshlarni kasbga o‘qitish imkoniga ega.

O‘quvchilar 3 oylik kurslarda kasbiy taʼlim olib, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida stipendiya ham beriladi.

;