Yangiliklar

Tbilisi shahrida reproduktiv salomatlik boʻyicha taʼlim chempionlari uchun oʻquv seminar mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

📚UNFPA va Germaniya Sogʻliqni saqlash taʼlimi Federal markazi, Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining hamkorlik markazi, Xalqaro oilani rejalashtirish Federatsiyasi - Yevropa tarmogʻi va UNESKO bilan hamkorlikda 2022-yil 17-18-noyabr kunlari Tbilisi shahrida reproduktiv salomatlik boʻyicha taʼlim chempionlari uchun oʻquv seminar mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
   Ushbu seminarda Armaniston, Gruziya, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkiya va Oʻzbekiston davlatlaridan reproduktiv salomatlik boʻyicha taʼlimni oʻzgartirishga masʼul boʻlgan tashkilot xodimlari, fuqarolik jamiyati, shu jumladan yoshlar va BMTning manfaatdor tomonlari ishtirok etmoqda.



   Seminar ishtirokchilariga jinsiy tarbiya sohasidagi taniqli mutaxassislarni oʻzaro oʻqitish va qoʻllab-quvvatlash orqali oʻzgarishlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy bilimlar berilmoqda.
   Shuningdek, seminarda ishtirok etayotgan mutaxassislar reproduktiv salomatlik boʻyicha taʼlimni joriy etish bilan bogʻliq muammolar haqida soʻz yuritib, ushbu muammolarni hal qilish uchun resurslar va ilgʻor tajribalarni aniqlash borasida fikr almashmoqda.

   Mazkur oʻquv-seminar mashgʻulotida Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova ishtirok etib, reproduktiv salomatlikka oid masalalar yuzasidan oʻqituvchilar malakasini oshirishni, maktab oʻquv dasturiga kiritish vazifasining dolzarbligi borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

;