Yangiliklar

2021-yil 8-iyun kuni “Markaziy Osiyodagi mojaroli hududlaridan qaytib kelgan fuqarolari uchun qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshiruvchi tashkilotlar vakillarinig ishchi uchravi tashkil etildi.

2021-yil 8-iyun kuni “Markaziy Osiyodagi davlatlarni mojaro hududlaridan, birinchi navbatda, Suriya va Iroqdan qaytib kelgan fuqarolari uchun qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshiruvchi xalqaro, davlat va jamoat tashkilotlari vakillarinig ishchi uchravi tashkil etildi.

UNICEF, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakili A.Yunusova, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bosh mutaxassisi A.Maxmudova, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazidan F.Kamilov, Yoshlar bilan ishlash agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutidan R.Nizomova va “Barqaror hayot” nodavlat notijorat tashkiloti mas’ul xodimlari ishtirok etgan uchrashuvda loyiha doirasida belgilangan tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha tashkilotlarning  aniq vazifalari muhokama qilindi. 

Jumladan, Respublika tashxis markazi tomonidan loyiha doirasida qilingan ishlar taqdimoti qilindi, mojaroli hududlardan qaytariligan bolalarni jamiyatga qayta integratsiya qilish, ularni sifatli ta’lim olishga rag‘batlantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik qo‘llab-quvvatlash kabi tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

;