Hozirgi kunda yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirish davlatimiz rahbari va hukumati tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgan bo‘g‘indir. Fikrimizning dalili sifatida maktablarimizda bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlarni misol tariqasida aytib o‘tishimiz mumkin.
Jizzax viloyati Paxtakor tuman XTB tasarrufidagi 9-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida fevral oyi "Kommunal xizmatlar" sohasiga oid kasblar oyligi o'tkazilmoqda shu munosabat bilan 9-sinf o'quvchilarni tumandagi "Suv oqova ishlab chiqarish" korxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad o'quvchilarni kasb hunarga yo'naltirish va bu borada ularga ko‘maklashish.
Sayohat davomida o‘quvchilar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdiva shu bilan birga suvni isrof qilmaslik, uni tejab ishlatishimiz lozimligi haqida tushunchalarga ega bo'lishdi.