Yangiliklar

“Farg‘ona vodiysidagi yoshlarni ijtimoiy totuvlik uchun” amaliy seminar-trening

Bugun 2021-yil 9-iyul kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazida UNESCO bilan hamkorlikdagi “Farg‘ona vodiysidagi yoshlarni ijtimoiy totuvlik uchun” loyihasi doirasida mentor o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha amaliy seminar-treninglarning 2-kuni muvaffaqiyatli yakunlandi.

Uch kun davom etadigan seminar-treninglarda 4 ta yo‘nalish (Maktablarda zo‘rovonlikning oldini olish va ularga qarshi kurashish; Yetakchilik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish; Media va axborot savodxonligi; Global ta’lim orqali qonun ustuvorligini mustahkamlash) bo‘yicha jami 24 nafar mentorlar xalqaro talablar asosida tayyorlanadi.

Respublika tashxis markazi tomonidan mentorlar o‘quvlari uchun loyiha doirasida 4 ta yo‘nalishda o‘quv materiallari, infografikalar va barcha nazariy mashg‘ulotlar bo‘yicha maxsus videodarslar tayyorlangan bo‘lib, treninglarning xalqaro talablar asosida va interfaol uslublar orqali tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur mentor o‘qituvchilar loyihaning navbatdagi bosqichida Andijon, Namangan va Fargona viloyatlari maktab psixologlari va o‘qituvchilari uchun tashkil etiladigan hududiy seminarlarda trener sifatida faoliyat ko‘rsatadilar.

;