Yangiliklar

“Farg‘ona vodiysidagi yoshlarni ijtimoiy totuvlik uchun” amaliy seminar-treninglar yakunlandi.

Bugun 2021-yil 10-iyul kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazida UNESCO bilan hamkorlikdagi “Farg‘ona vodiysidagi yoshlarni ijtimoiy totuvlik uchun” loyihasi doirasida mentorlarni tayyorlash bo‘yicha 3 kunlik amaliy seminar-treninglar muvaffaqiyatli yakunlandi. 
     
     Seminar-treninglarda 4 ta yo‘nalish  bo‘yicha jami 24 nafar mentorlar xalqaro talablar asosida 24 soatlik o’quv kurslarida ishtirok etdilar va mentorlik huquqini beradiga xalqaro sertifikatga ega bo’ldilar.
   
     Mazkur mentorlar loyihaning navbatdagi bosqichida Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarida 300 dan ortiq  maktab psixologlari va o‘qituvchilari uchun tashkil etiladigan hududiy seminarlarda trener sifatida faoliyat ko‘rsatadilar.

;