Yangiliklar

NASEN tashkiloti bilan online muloqot

2021-yil 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860 qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika tashxis markazi tomonidan xalqaro NASEN (National Association for Special Educational Needs, Buyuk Britaniya) tashkiloti bilan  online muloqot o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida NASEN tashkiloti ekspertlari ishtirokida maktab o‘qituvchilari va psixologlari uchun imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari va inklyuziv ta’lim jarayonida avgust oylarida treninglar tashkil etishga kelishib olindi.

Online muloqotda Markaz Inklyuziv ta'lim laboratoriyasi bo'limi boshlig'i U.Fayziyeva va Loyihalarni boshqarish va tashqi aloqalar bo'limi boshlig'i D.Xodjabekovalar ishtirok etishdi.

;