Yangiliklar

Ta'lim 2030+ Networking Group

           2021-yil 27-iyul kuni Osiyo-Tinch okeanidagi ta'lim va ta'lim 2030+ Networking Group tomonidan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Sharqiy, Janubiy-Sharqiy va Janubiy Osiyodagi ta’lim bo‘yicha COVID-19 vaziyatni tahlil qilishning asosiy natijalari, bu sub-mintaqalardagi umumiylik va farqlar, so‘ngi yangilanishlar taqdim etildi. Shuningdek maktablarni xavfsiz qayta ochish masalalari ko‘rib chiqildi.

         Sessiyaning kutilgan asosiy natijasi - bu uzoq muddatli intilish va maqsadlar bilan bog'liq bo'lgan qisqa muddatli istiqbolda COVID-19 va maktabdagi uzilishlarning ta'sirini yumshatish uchun potentsial, amaliy va strategik javoblarni chuqurroq anglash bo'ladi. Uchrashuvda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi “Loyihalarni boshqarish va xalqaro aloqalar” bo‘limi boshlig‘I D.Xodjabekova o‘z fikr-mulohazalari bn ishtirok etdi.

;