Joriy yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasidagi Trayangl tadqiqot institutining filiali “RTI” vakillari bilan Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi direktorining birinchi o‘rinbosari K.Jo‘raboyev, hamda inklyuziv taʼlim laboratoriyasi metodistlari G.Alimova, Sh.Ahmedova va S.Moʻminovlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” loyihasi doirasida “Nogironlik bo‘yicha inklyuziv ta’limni o‘rganish” so‘rovnomasi yuzasidan davra suhbati olib borildi.
Uchrashuv davomida belgilangan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim holatini o‘rganish, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari belgilab olindi.