Respublikamiz maktablarida inklyuziv ta’lim joriy qilingan bo‘lib, bu sohada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilim, ko‘nikma, malakalarini inklyuziv ta’lim qatnashchilari bilan o‘rtoqlashib kelishmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 27-maktabda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiya jarayoni samarali olib borilmoqda. Ushbu maktabda 1-“Z” va 2-“Z” korreksion sinflari tashkil etilgan bo‘lib, mahoratli o‘qituvchilar o‘z mehr va bilimlarini sabr bilan alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga ulashib kelishmoqda. Korreksion sinf o‘quvchilari bilan maxsus pedagog, psixolog, bundan tashqari Oliy talim muassasalari talabalari volontyor sifatida ushbu toifadagi o‘quvchilar bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda. O‘quv yili davomida korreksion sinf o‘quvchilarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilib, maktabga moslashuv jarayoni yaxshi kechmoqda.