Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “2022-2023 oʻquv yilida oʻtkaziladigan oʻquv-seminarlar jadvali” asosida umumtaʻlim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchi-logopedlar uchun Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi boʻlimi metodisti Sh.Axmedova boshchiligida 2023-yilning 17-fevral kuni oʻquv-seminar tashkil etildi.
Oʻquv-seminarda Rossiya Federatsiyasi “Ярослав Мудрый” nomidagi Novgorod davlat universiteti psixologiya kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, yuqori toifali logoped L.Aleksandrovaning “Duduqlanish muammosiga tarixiy va zamonaviy yondashuv” mavzusida maʼruzasi tinglandi. Oʻquv-seminarda Oʻtbosarova Umida -Toshkent viloyati Qibray tumani 5-maktab va Toshkent shahar Yashnobod tumani 282-maktab G.Jannatova oʻqituvchi-logopedlari ishtirok etdi. Oʻquv-seminar ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda oʻtkazilib 528 nafar oʻqituvchi-logopedlar hamda tuman xalq taʻlimi boʻlimlari metodistlarini qamrab oldi.
Oʻquv seminar qiziqarli boʻldi va logopedlar tomonidan berilgan koʻpgina savollarga javoblar oldilar Seminar yakunida mavzuga oid mashgʻulotlardan videolavhalar namoish etildi.