Jizzah viloyati Sharof Rashidov tumani 36-sonli umumta’lim maktabiga Jizzax viloyati IIBB JHXB xodimlari tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Yo‘l harakati havfsizligi to‘g‘risida o‘quvchilarning tushunchalarini oshirish va yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni o‘rgatish. Tashrif davomida inklyuziv sinflarda ta’lim-tarbiya olayotgan alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan suhbatlar olib borildi va yo‘l harakati havfsizligi to‘g‘risida amaliy ko‘rsatmalar berildi.