Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda yangi iqtidor egalari ko‘paymoqda

Xabaringiz bor, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 2022-2023 o‘quv yilida 10-sonli  hamda 30-sonli umumta’lim maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etilgan. Ushbu Inklyuziv ta'lim sinflarida 3 nafar alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar ta'lim-tarbiya olishmoqda. Yoqubjanova Nilufar inklyuziv ta'lim sinfida ta’lim oladi. U darsdan tashqari vaqtlarda shaxmat to'garagiga qatnashadi. Kuni kecha shaxmat bo‘yicha tuman miqyosida o‘tkazilgan musobaqada ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlanib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 1-B inklyuziv sinfda ta’lim olayotgan Mahmudjanov Husanboyning rasm chizishga ishtiyoqi balandligi tufayli yosh rassomlar to'garagiga qatnashmoqda.

;