Yangiliklar

Umumta´lim maktablarida inklyuziv ta´limni tashkil etish

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida "Umumta´lim maktablarida inklyuziv ta´limni tashkil etish" mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Respublika tashxis markazi inklyuziv taʼlim laboratoriyasi metodisti Axmedova Shoista Rashidova, Sirdaryo viloyati xalq taʼlim boshqarmasi metodist-psixologi Gulchiroy Raxmonova hamda umumtaʼlim maktablaridan maʼnaviy-maʼrifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor  o‘rinbosarlari, logopedlar, amaliyotchi psixologlari qatnashdilar.

Seminar davomida Boyovut tumani xalq taʼlim bo‘limi psixologi FayzulloYunusov "Inklyuziv taʼlim sinflarida taʼlim olayotgan o‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlashda amaliyotchi psixologlarning o‘rni" mavzusida trening mashg‘uloti o‘tib berdi.

Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga tashkilotchilar tomonidan to‘liq javob berildi.

;