2023-yil 22-fevral kuni Toshkent shahar Bektemir tumani 290-sonli umumta’lim maktabida Yaponiya davlatining JICA tashkiloti “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini mustahkamlash” loyihasida doirasida “Individual ta’lim rejasi ishlab chiqish” mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi. Seminar JICA loyihasi mutaxassislari lektor: Tako Xomma xonim (loyiha mutaxassisi), fasilitator: Janob Koxey Xoriba (loyiha rahbari)” tomonidan o‘tkazildi. Seminarda mentor sifatida o‘qitilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika tashxis markazi xodimlari S.Mo‘minov, M.Kasimova hamda inklyuziv sinf o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Seminarga maktab direktori Sh.Normurodov, inklyuziv sinf o‘qituvchilari Sh.Gafurova, G.Xasanova va D.Djurayeva hamda maxsus pedagog mezbonlik qildi.