Bektemir tumani 290-sonli maktabda Yaponiyaning JICA tashkiloti “Maktabgacha ta'limda inklyuziv ta'lim amaliyotini mustahkamlash” loyihasida “Individual ta’lim rejasi ishlab chiqish” boʼyicha amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar JICA loyihasi mutaxassislari lektor Tako Xomma va Koxey Xoriba tomonidan o‘tkazildi. Seminarga “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi” xodimlari, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, maxsus pedagoglar va mentor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar-treningda 290-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ish tajribalaridan kelib chiqib, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar bilan dars o‘tish jarayonini o‘rganish va shuning bilan bir qatorda metodik tavsiyalar berib o‘tildi.