Yangiliklar

Individual ta’lim rejasi

Kuni kecha Bektemir tumani 290-sonli inklyuziv maktabda Yaponiya davlatining JICA xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchi uchun qanday qilib individual ta’lim rejasi  tuziladi? ” mavzusi asosidainklyuziv ta’limga jalb qilingan alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchi misolida reja tuzish ishtirokchilar hamkorligida bajarildi.

Bugun esa maktabgacha ta’lim agentligi, tibbiy psixologik pedagogik komissiya a’zolari hamda inklyuziv ta’lim laboratoriyasi xodimlari ishtirokida alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolani maktabga qanday o‘tkazish to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Maqsadimiz tizimli bir shaklda farzandlarimizni talim olishini taminlashdir!...

;