Farg'ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Prezidentimiz Murojaatnomasiga asosan "7-11-sinf oʻquvchilariga xorijiy tillarni o‘rgatish va kasbga yoʻnaltirish" mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, shahar hokimligi vakillari, soha mas’ullari va shahardagi maktablar rahbarlari ishtirok etishdi.
Mazkur seminar oʻquvchilarni chet tilini mukammal bilishiga yoʻnaltirilgan ingliz tili hamda koreys tillari mashg‘ulotlari, video marketing, web dizayn, duradgorlik, rassomchilik, pazandachilik sirlari, tikuvchilik hunari, milliy hunarmanchilik, chevarchilik, kasanachilik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkillangan kasb-hunar o‘rgatish kurslari kabi 8 ta yoʻnalish asosida oʻtkazildi.
Tadbir qatnashchilari maktabda darslardan soʻng 7-11-sinf oʻquvchilarining hunar oʻrganishlari uchun olib borilayotgan mashgʻulotlar, ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.