Jizzax viloyati Paxtakor tuman XTB tasarrufidagi 3-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilarining Xalqaro Sambhram universitetiga “Ochiq eshiklar” kuni munosabati bilan sayohat tashkil etildi.
3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Xalqaro Sambhram universitetiga “Ochiq eshiklar” kuni munosabati bilan sayohat uyushtirildi. Sayohatdan ko‘zlangan maqsad maktab bitiruvchi yoshlari Sambhram Universiteti yonalishlari, dars o‘tilish jarayonlari, moddiy texnik bazasi, labaratoriya markazi, Axborot resurs markazilari bilan tanishtirish. Bundan tashqari Institutda faoliyat yuritib kelayotgan malakali ustozlar labaratoriya jihozlari, axborot resurs markazi, IT sohasi haqida o‘quvchilarga turli xil ma’lumotlar berildi.
Sambhram Universiteti rektori va tajribali professor oqituvchilar hamrohligida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.