Yangiliklar

Chekka hudud maktablarida ham o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatishga alohida ahamiyat qaratilmoqda

Olot tumanidagi 35-sonli umumiy orta ta’lim maktabida o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularga kasb-hunar sirlarini o‘rgatishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Ayni paytda maktabda 354 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, ularning 200 nafarga yaqini maktabda tashkil etilgan kasb-hunarga yo‘naltirilgan to‘garaklarga jalb qilingan.

Ayniqsa, tikuvchilik, taqinchoqlar tayyorlash va pazandachilik to‘garaklari o‘quvchi-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlabgina qolmay, ularning muhim hayotiy saboq va ko‘nikmalarni egallashlariga xizmat qilmoqda.

;