Yangiliklar

Maktablarda kasb-hunarga yo‘naltirish samarali tashkil etilmoqda

Yosh avlodni maktab davridanoq kamida 2 ta til va bir kasb-hunarni mukammal egallashlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 65-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida ham mazkur yo‘nalishlardagi ishlar samarasini yaqqol ko‘rish mumkin. 395-nafardan ortiq o‘quvchi taʼlim olayotgan mazkur taʼlim muassasasida o‘gʼil-qizlarning darsdan bo‘sh vaqtlarida 7ta yo‘nalishda kasb-hunar to‘garaklari tashkil etilgan.

Albatta inson qanchalik o‘z sohasini erta anglashi va bu borada faoliyatini boshlashi uning kelajakdagi ham moddiy ham ma’naviy istiqboliga ijobiy ta’sir qiladi. Shunday ekan bu boradagi ishlarni samrali tashkil etish va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish har qachongidan ham ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

;