Joriy yilning 14-fevral kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 38-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabining 9-sinf o'quvchilari bilan ,,Bahslarni boshqarishni o'rganish" SOFT SKILLS mashgʻulotlari o`tkazildi.
Mashg`ulotdan ko`zlangan maqsad: o`quvchilar o`rtasida yuzaga keluvchi bahslar va mojarolarni boshqarish usullarini, muloqotchanlik ko`nikmalarini o`zlashtirish hamda nizolarni oldini olishni o`rgatishdan iborat.
Mashg`ulotlar davomida:”Mojarolardan nari yuring”nomli rolli o'yinlar, muzokara bosqichlarini qo'llash mashqlari oʻtkazildi.