Namangan viloyati Pop tumani 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari tomonidan 8-9 sinf o'quvchilari bilan korreksion rivojlantiruvchi mashg'ulotlar o'tkazildi.
Korreksion rivojlantiruvchi mashg'ulotlar davomida "Maqtovlar zanjiri", "Tovush gimnastikasi", "To'tiqush", "G'aram, tepalik, so'qmoq", "Quvnoq barmoqchalar", "Nafas olish mashqi", "Quvnoq paravoz", "Ranglar", "Sayohat meditatsiyasi” nomli trening mashg'ulotlaridan foydalanildi.
Korreksion rivojlantiruvchi mashg'ulotlardan ko'zlangan maqsad: O'quvchilarda quvnoq ijobiy kayfiyatlarni, o'ziga bo'lgan ishonchni, ruhiy tetiklikni oshirish, stressni yengish, gruh a'zolari o'rtasida ijobiy emotsional muhitni yaratish, o'zlariga bo'lgan qiziqishlarini, diqqatni, chaqqonlikni oshirish idrok etish va qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirish.