Joriy yilning 16-fevral kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 4-IDUM da 9-B- sinfining o'quvchi qizlari ishtirokida "Qiz bola hayosi" mavzusida qizlar davra suhbati o`tkazildi.
- Davra suhbatida hamkor tashkilotlar: MFY xotin-qizlar faoli, 4- IDUM MMIBDO', Xotin-qizlar raisasi, maktab psixologi va sinf rahbarlari ishtirok etib, o'z ma'ruzalari bilan o'quvchilarga ma'lumotlar berishdi.
- Davra suhbati davomida qiz bola iboli, hayoli, har tomonlama mukammal bo'lishi, ertangi kunini chiroyli boshlashi, aslida qiz bola qanday bo'lishi kerakligi, ota-ona tarbiyasi, yurub-turishi, madaniyati, muomala odobi, maktab qonun-qoidasi, har kunlik gigienaga e'tibor berish, oʻquvchilar oʻrtasida erta turmushni oldini olish bo`yicha kerakli tavsiya va maslahatlar berib o`tildi.