Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi tomonidan Qashqadaryo viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi viloyat voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazidagi oʻquvchi yoshlar bilan trening mashgʻuloti olib borildi.
- Trening mashgʻulotidan ko`zlangan maqsad: O`quvchilarning boshqalarni tinglay olish hamda muloqot ko`nikmalarini rivojlantirish, shaxsning ijobiy munosabatlari samaradorligini ta`minlashdan iborat.
- Trening mashgʻulotida "Tinglash qobiliyati" va "Shaxsiy munosabat samaradorligi" nomli psixologik mashq hamda savol-javoblar bo`lib o`tdi.