Yangiliklar

Ikkita xorijiy til va kasb o‘rganish - mustaqil hayotning mustahkam poydevori

Buxoro shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 1956- yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1960- yildan buyon nemis tili chuqur o‘qitilib kelinadi. 2000- yildan buyon maktab Germaniya bilan hamkorlikda qator ta’lim loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

Ayni paytda 1348 nafar o‘g‘il-qiz tahsil olayotgan ushbu ta’lim muassasasida o‘quvchilarga nemis tili bilan bir qatorda ingliz tilini o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida ham samarali ishlar olib borilmoqda.

         Bugun, 23-fevral kuni mazkur ta’lim muassasasida “lkkita xorijiy til va kasb o‘rganish - mustaqil hayotning mustahkam poydevori" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

 

Manbaa: Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi.

;