Bugun O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Inklyuziv ta’lim bo‘limi xodimlari G.Alimova va M.Kasimovalar ishtirok etib, hamkorlik ishlarini olib borishdi.
Jarayonda inklyuziv ta’lim qatnashchilari uchun 2023-yil avgust oyida o‘tkaziladigan“72 soatli malaka oshirish kursi” hamda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarning IQ darajalari haqida suhbat olib borildi. Kelgusidagi hamkorlik ishlari yuzasidan vazifalar belgilab olindi.